2018 yilning 26-30 noyabr kunlari Olmaota shahrida O`zbekiston - Qozog`iston Qo`shma demarkasiya komissiyasidagi O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi hukumatlari delegasiyalarining majlisi bo`lib o`tdi.
TIV xabariga ko`ra, uchrashuvlar chog`ida 2018 yilda o`tkazilgan ishlar sarhisob qilindi hamda kelasi yil uchun bajariladigan ishlar belgilab olindi.
"Majlis do`stona vaziyatda va hamjihatlik ruhida bo`lib o`tdi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tadbir yakunida Bayonnoma imzolangan. Qo`shma komissiyaning keyingi majlisi O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lib o`tadi.






