1

Markaziy bank qimmatbaho tangalarining yangi narxini e`lon qildi

Iqtisodiyot 05.12.2018, 16:47
Markaziy bank qimmatbaho tangalarining yangi narxini e`lon qildi

Markaziy bank 5 dekabrdan e`tiboran qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarining sotish narxlarini belgiladi.

Unga ko`ra, oltin tanganing narxi 100 000 so`mga, kumush tanganing narxi esa 5000 so`mga oshib, quyidagi ko`rinishga keldi:

1 dona oltin tanganing sotish narxi – 12.800.000,00 so`m;

1 dona kumush tanganing sotish narxi – 241.000,00 so`m.

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo`yilgan bo`lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og`irligi 31,1 grammdan iborat.

Ma`lumot uchun, sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo`yilgan bo`lib, ularning narxi Markaziy bank tomonidan har haftada milliy valyutada belgilanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1