1

Moliya vazirligi "Fuqarolar uchun byudjet"ni taqdim etdi

Iqtisodiyot 06.12.2018, 15:33
Moliya vazirligi "Fuqarolar uchun byudjet"ni taqdim etdi

5 dekabr kuni Moliya vazirligida o`tkazilgan brifing chog`ida 2019 yil Davlat byudjeti loyihasi bo`yicha "Fuqarolar uchun byudjet" axborot nashrining taqdimoti bo`lib o`tdi.

Fuqarolar uchun byudjet Davlat byudjeti to`g`risida keng omma uchun qulay va tushunarli tilda ko`rsatilgan ma`lumotlar to`plamidir. Unda 2019 yil Davlat byudjetining asosiy parametrlari va 2020-2021 yillar uchun mo`ljallar, shuningdek odamlar uchun qiziqarli bo`lgan boshqa axborot: soliqlar stavkalari miqdorlari va ularning turlari, bu mablag`lardan foydalanishning asosiy yo`nalishlari bayon etilgan.

Nashrni ishlab chiqishda iqtisodiy atamalar minimumidan foydalanilgan, axborot esa infografika, tahliliy materiallar va misollar bilan mustahkamlangan. Yakuniy qismida qisqa so`rovnoma joylashtirilgan, uning natijalari navbatdagi materiallarni tuzishda inobatga olinadi.

Barcha qiziqish birdirganlar "Fuqarolar uchun byudjet" va nashrning taqdimoti bilan tanishishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1