1

2019 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 36,4 foizga oshadi

Iqtisodiyot 14.12.2018, 10:16
2019 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 36,4 foizga oshadi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ettinchi yalpi majlisida senatorlar 2019 yilgi Davlat byudjetini ma`qulladi.

2019 yilda Davlat byudjeti daromadlari 102,6 trln. so`m miqdorida prognoz qilinmoqda, bu esa 2018 yilga nisbatan 38% o`sishni anglatadi. Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy summasi 107,1 trln. so`mni yoki joriy yilga nisbatan 36,4 foizga ko`proqni tashkil etadi.

Bunda ijtimoiy sohaga Davlat byudjetidan sarflanadigan xarajatlar 57,8 trln. so`mdan ortiqni yoki barcha xarajatlarning 54 foizini tashkil etadi (2018 yilga nisbatan o`sish – 34,4 %). Bunda ta`limga sarflanadigan xarajatlar avvalgi yilga nisbatan 25,5 foizga oshadi va 28,4 trln. so`mni yoki barcha xarajatlarning 49 foizini tashkil etadi. Sog`liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar 2018 yilga nisbatan 30,5 foizga oshadi va 12,1 trln. so`mni yoki barcha xarajatlarning 11,3 foizini tashkil etadi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam va kompensasiyalar to`lash uchun sarflanadigan xarajatlar 5,2 trln. so`mni tashkil etadi, bu esa 2018 yilga nisbatan 61,8 foizga ko`proqdir.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 478 ta aholi punktida yashash sharoitlarini yaxshilashga 6,3 trln. so`m yo`naltiriladi. 2019 yilda Davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1% miqdorida bo`lishi prognoz qilinmoqda.

O`zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq 2019 yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish nazarda tutilmoqda. Mehnatga haq to`lash fondiga soliq yuki ham barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish orqali kamaytiriladi, shundan 0,1 foizi shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo`naltiriladi. Bundan tashqari, fuqarolarning mehnatga haq to`lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga ushlab qolinadigan sug`urta badallarini bekor qilish nazarda tutilgan.

Bo`lg`usi yilgi Davlat byudjetida byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratildi. Keyingi yilda ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy to`lovlar va stipendiyalarni har yarim yilda avvalgi yildagi inflyasiya darajasidan past bo`lmagan miqdorda oshirish taklif etildi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini mutlaq summada belgilash nazarda tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1