Bugun O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist, taniqli va iste`dodli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida, uzoq davom etgan xastalikdan so`ng bu yorug` olamni tark etdi. Bu haqda O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar qildi.
Ma`lumot uchun, Mashrab Kimsanov "Vodillik kelin", "Olovli yo`llar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqcha", "Onaginam orzusi" kabi ko`plab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor "Tog`lik kuyov" filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.