Saida Mirziyoeva boshchiligidagi nufuzli xalqaro mutaxassislar jamoasi O`zbekistonda saqlanayotgan noyob Qur`on qo`lyozmasini restavrasiya qilishni boshladi.
«O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi hamda Musulmonlar idorasi tomonidan bir qator xalqaro ekspertlar, jumladan, Kembrijdan Kristi Roz, fransuz restavratorlari Aksel Dele va Korali Barb, istanbullik Nill Baydar jalb etildi.
Mutaxassislar «Usmon Mushafi» qo`lyozmasining har bir sahifasini sinchkovlik bilan o`rganib, restavrasiya rejasini ishlab chiqadilar.
Ushbu muqaddas qo`lyozmani kelajak avlod uchun saqlab qolish yo`lidagi ezgu ishning barcha bosqichlarida omad yor bo`lishini tilayman», – deb yozadi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva.