1

Jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlari ajratiladi

Jamiyat 02.05.2024, 22:24
Jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlari ajratiladi

“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan  qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida ko`p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

 2024 yil 1 oktyabrgacha “yashil” uy-joy standartlari tasdiqlanadi.

2025 yil 1 aprelgacha “yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini  ajratish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1