«Sug‘diyona» ning «2019 yil uchun obuna aksiyasi»da ishtirok eting!​ Bosh sovrin – 500 ming so`mlik vaucher

SUG'DIYONA 17.12.2018, 13:37
«Sug‘diyona» ning «2019 yil uchun obuna aksiyasi»da ishtirok eting!​ Bosh sovrin – 500 ming so`mlik vaucher

Yangi yilni sovg`alar bilan qarshi olishni istaysizmi? Shoshiling: «Sug‘diyona» ning «2019 yil uchun obuna aksiyasi»da ishtirok eting!

Aksiya 20 dekabrdan 25 yanvargacha davom etadi.

Shartlar juda oson:

Kamida olti oy yoki bir yillik to`lov qog`ozini sanasi ko`ringan holda suratga olib, birinchilardan bo`lib +99890 903-60-08 raqamli telegram manzilga jo`nating.

Uyali telefon apparatingizda telegram dasturi yuklanmagan bo`lsa, farzandlaringiz, kelin yo kuyovingiz, nabiralaringiz, hatto qo`ni–qo`shniyu hamkasblaringizning telefon raqami orqali ham telegram manzilimiz bilan bog`lanishingiz mumkin.

Ana endi asosiy gapga o`tamiz: aksiyada ishtirok etib, obuna to`lov qog`ozini yuborganlarning har o`ninchisi maxsus imtiyozga ega bo`ladi. O`ninchi raqam deya e`tirof etilganlar 100 000 so`mlik vaucherga ega bo`lishadi.

Diqqat: siz, ha-ha aynan siz ilk g`olibimiz bo`lishingiz mumkin. Ilk g`olib obuna to`lov qog`ozining suratini +99890 903-60-08 telegram manziliga yuborgan vaqtga qarab belgilanadi va u bizning bosh sovrin – 500 ming so`mlik vaucher egasiga aylanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1