1

"Oylik oshsa, aliment miqdori o`zgaradimi?"

Savol-javob 14.02.2019, 09:53
"Oylik oshsa, aliment miqdori o`zgaradimi?"

— Turmush o`rtog`im bilan o`n besh yil avval ajrashganmiz. Bundan bir yil oldin 14 yoshli qizim uchun aliment undiruviga ariza berdim. Bolamning otasi har oy 200 000 so`m aliment to`layapti. Vaholanki, u firma rahbari, oylik maoshi yaxshi. Ammo sudga taqdim etgan hujjatlarda 600 000 so`m maosh olishi ko`rsatilgan. Sobiq erimning aslida qancha maosh olishini qanday bilsa bo`ladi? Agar u daromadini yashirgan bo`lsa, qonuniy chora ko`riladimi?

Nasiba Ibragimova, Ohangaron shahri

Savolga "Uchtepa advokatlari" advokatlik hay`ati advokati Nafisa IBRAGIMOVA javob berdi.

— Sizga maslahatim, aliment undiruvini qarzdorning ish joyiga qaratilishini so`rab, ijro bo`limiga murojaat qiling. Bunda siz olayotgan aliment miqdori bilan ish haqi miqdori o`rtasida mutanosiblik bo`lmasa, ijrochi tomonidan qarzdorlik hisoblab beriladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1