1

Limonli kurd

SUG'DIYONA 14.11.2014, 15:16
Limonli kurd

Kurd bu zavarnoy kremni o`zi, lekin sut emas, limon sokida qilinadi. O`zini nonushtaga murabbo sifatida yoki rulet, napoleon,tortlar, tartaletkalar, blinchiklar uchun krem sifatida ishlatsa judayam mazzali bo`ladi.

Kerakli masalliqlar:

100 ml limon soki(2-3 ta)

2 ta limon sedrasi (faqat sariq joyi)

150 gr shakar

3 ta tuxum

50 gr saryog`

Tayyorlanishi:

Gaz ustida kichikroq idishga suv solib qaynatamiz, ustida kattaroq idishda kremni tayyorlaymiz. Limonlarni yaxshilab yuvib sedrasini qirg`ichdan chiqarib, sokini siqib olamiz. Tuxum va shakarni ozroq vzbivat qilib limon soki, sedrasini qo`shamiz. Va olovga qo`yamiz.1-2 daqiqadan so`ng saryog`ni xam qo`shib, to`xtatmagan holda kavlab turamiz. 10 daqiqalardan so`ng qorishmamiz quyulib, krem xolatiga keladi. Tayyor massani olovdan olib, soviganidan so`ng shisha bankachaga solib, usti yopiq xolatda muzlatkichga qo`yamiz.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1