1

​O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va GIZ qishloq xo`jaligi kooperativlari taraqqiyoti yo`lida hamkorlik qilishadi.

Iqtisodiyot 02.05.2019, 17:33
​O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va GIZ qishloq xo`jaligi kooperativlari taraqqiyoti yo`lida hamkorlik qilishadi.

Guliston davlat universitetida «O`zbekistondagi barqaror qishloqni rivojlantirish» bo`yicha boshqaruv qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Ushbu loyixa Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ko`magida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) boshchiligidagi konsorsium tomonidan amalga oshiriladi.

Uchrashuvda Qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari Saidkamol Xo`jaev, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig`i Yulduz Abduganieva, Guliston davlat universiteti prorektori Sulaymonov Amaliddin, shuningdek, xalqaro ekspertlar va loyiha xodimlari ishtirok etishdi.

Loyihani amalga oshirish jarayoni taqdimotida Beate Shorayt loyihaning yutuqlarini, shu jumladan mamlakatning to`rtta hududida qishloq xo`jaligi kooperativlarini tashkil etilganini taqdim etdi. Ushbu kooperativlar faoliyatida ilg`or Evropa texnologiyalaridan foydalanadi va qiymat zanjirlarini yaratish orqali mintaqalarning barqaror rivojlanishini ta`minlashga qaratilgan.

Uchrashuv davomida qishloq xo`jaligini kompleks rivojlantirishda kooperativlarning roli alohida qayd etildi.

«Qishloq xo`jaligi klasterlari bilan birgalikda kooperativlar suv va erdan foydalanish samaradorligi va xosil unumdorligini oshirishga yordam beradi - dedi Qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari Saidkamol Xo`jaev - biz GIZ va Evropa Ittifoqi delegasiyasiga kooperativlarni targ`ib qilishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz va mamlakatimizning barcha hududlarida tajriba va bilimlarni tarqatishni taklif qilamiz".

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi rahbarining o`rinbosari «Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo`jaligi kooperasiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» gi PQ-4239-sonli Prezident Qarori qabul qilinganidan keyin respublikaning 4 viloyatining 8 ta tumanida 31 ta qishloq xo`jaligi kooperativi tashkil etilganini ta`kidladi. Bu o`z o`rnida O`zbekiston fermerlari tomonidan o`zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligining isbotidir.

Misol tariqasida, Saidkamol Xo`jaev Toshkent viloyatining Parkent tumanida bugungi kunda umumiy maydoni 4400 gektar bo`lgan 9 ta kooperativ mavjud ekanligini ta`kidlab o`tdi.

Boshqaruv qo`mitasining yig`ilishining yakunida loyihaga ijobiy baho berildi va Qishloq xo`jaligi vazirligi va loyiha o`rtasida hamkorlik to`g`risida qaror qabul qilindi. Xususan, tomonlar O`zbekistondagi qishloq xo`jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha xalqaro ekspertlar va trenerlarni jalb qilish orqali «ToT»(Training of Trainers - Trenerlar uchun treninglar) tamoyili asosida birgalikda ishlashga kelishib olishdi, bu esa butun mamlakat bo`ylab bilimlarni kengaytirish va fermerlarning ushbu sohada ilg`or tajribalardan foydalanishini ta`minlaydi.

Boshqaruv qo`mitasi a`zolari, shuningdek, anor etishtirish va anor sharbatini ishlab chiqarish bilan shug`ullanadigan «Dexqonobod asl anori» qishloq xo`jaligi kooperativining faoliyati bilan tanishdilar. Bundan tashqari, yig`ilish ishtirokchilari Guliston davlat universitetining eksperimental biologik laboratoriyasiga tashrif buyurishdi. Ushbu laborotoriya loyiha doirasida tuproqni tahlil qilish bo`yicha keng qatlamdagi xizmatlarni ko`rsatish uchun markaz tashkil etilgan. Laboratoriya mintaqaning tuproq sharoitini tushunish, o`simliklarni optimal o`stirish va unumdorligini oshirish buyicha rejalar ishlab chiqazish uchun jihozlangan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1