Stiv Jobs iPodning birinchi prototipini akvariumga tashladi

Hi-tech 27.11.2014, 09:28
Stiv Jobs iPodning birinchi prototipini akvariumga tashladi

Stiv Jobs yangi moslamaning tashqi ko`rinishi va uning yig`ilishiga doim tanqidiy munosabatda bo`lib kelgan. Uning kutilmaganda qilgan harakati moslamani yig`ish jarayoniga o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatdi.

iPodning birinchi avlodini yaratuvchilari uchun  bu mish-mish emasligi ma`lum, ya`ni Stiv Jobs birinchi prototipni akvariumga tashlab yubordi.

Bu voqea bo`lganiga ancha vaqt bo`lgan, ammo buni birinchi avlod yaratuvchilaridan biri Amid Chaudxari yodga oldi.

Birinch  avlod vakili prototipi tayyor bo`lgach, uni Jobsga ko`rsatishga qaror qilishadi, ammo Apple asoschisining bunga nisbatan reaksiyasi muhandislar kutganidan tamomila boshqacha bo`lib chiqadi.

“Muhandislar kashf etilgan yangi moslamani yig`ish jarayonini qaytadan o`tkazishganligi tasdiqlashadi”, - deya yodga oladi Amid Chaudxari.

Prototip bilan tanishib chiqqandan keyin Stiv Jobs biroz vaqt jim turadi va iPodni oladi hamda uni suv to`la akvariumga tashlaydi. Suv tubiga etgunicha undan nigohini uzmaydi. Shunda undan ovoz chiqadi.

“Bu havo sharining ovozi, demak u erda hali joy bor. Yanayam kichikroq qilinglar”, - deydi Stiv Jobs muhandislarga qarata.

Bunday harakatlar natijasida musiqani raqamli formatda tinglash imkoniyati yuzaga keladi.

Manba: The Atlantic

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1