1

Urbanizasiya – yo`ldosh shaharlar tarmog`ini kengaytirish va alohida shaharlarni birlashtirishdir

Jamiyat 16.07.2019, 09:41
Urbanizasiya – yo`ldosh shaharlar tarmog`ini kengaytirish va alohida shaharlarni birlashtirishdir

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida vazir o`rinbosari, Urbanizasiya agentligi direktori – Jasur Aripov bilan norasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Brifing savol-javob formatida tashkil etilib, uch soatdan ortiq davom etdi.

Uchrashuvni kun tartibida Yagona davlat xizmatlari portalida “O`zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha urbanizasiyani rivojlantirish Konsepsiyasi”ni 2019 yil 9 iyul kuni keng jamoatchilik muhokamasiga qo`yish masalasi ko`rib chiqildi.

UchrashuvboshidaJasurAripov muhbirlarga,Agentlikning asosiy vazifasi hisoblangan, shaharlarning integrasiyalashgan va barqaror rivojlanishiga yo`naltirilgan yagona urbanizasiya siyosatini ishlab chiqish va tartibga solishjarayonlari haqida gapirib berdi.

“Urbanizasiya bu faqat binolarni buzish degani emas”

Jasur Aripov: “Urbanizasiya” tushunchasini hamma turlicha tushunadi va ayrim hollarda bu jumlani uy-joylarni buzish holatlari bilan bog`lashmoqda. Aslida, urbanizasiya uzoq va keng qamrovli jarayon, demografik tendensiyalar, migrasiya jarayoni, ish bilan bandlik, atrof-muhit xavfsizligi, ekologiya va boshqalardir. Umuman olganda, urbanizasiya erlarning samaradorligi, shaharlarni rejalashtirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurilish masalalari, shahar aholisini o`sishi bilan bog`liq. Va o`z navbatda muhim hisoblangan, bu shaharlarning rolini oshirish, shahar madaniyati va munosabatlari, shahar madaniyati va munosabatlari, shaharlar tashqarisida shakllangan zamonaviy madaniy shahar hayotini tarqalishi jarayonidir.

Agentlik vazifalariga – Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda O`zbekiston viloyatlarida yirik shaharlarining rivojlanishi uchun strategik platforma va strategiyani yaratish, bu esa o`z navbatda rivojlangan infratuzilma, ta`lim, ish bilan ta`minlash va ijtimoiy himoyalangan salohiyatiga ega markazlarga aylantirishni kelib chiqaradi. Keyinchalik mintaqalarda migrasiya ko`proq mahalliy xususiyatlarga ega bo`ladi, poytaxtga emas, balki har bir alohida mintaqaning yirik shaharlariga yuboriladi. Bularning barchasi shaharlarning tabiiy o`sishiga va Seulda sodir bo`lganidekshaharlarning haqiqiy shahar aglomerasiyasiga aylanishiga yordam beradi. Aripov takidlaganidek, Farg`ona, Marg`ilon, Namanagan, va Uychi, Samarqand va Jomboy kabi misollarda tabiiy birlashma o`ziga hos jarayonni ko`rish mumkin. Ular bir million odam bilan kelajakda tortishish markazlari bo`lib xizmat qiladi.

“Urbanizasiya Konsepsiyasining maqsadi uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi kabi barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash, mehnat va investisiya resurslari uchun jozibador bo`ladigan shaharlar va shahar aglomerasiyalarini kompleks rivojlantirish yo`li bilan aholi farovonligini oshirish, shuningdek ilmiy, innovasion va madaniy salohiyatni yuksaltirishdir. Katta shaharlar atrofidagi sun`iy yo`ldosh shaharlari tarmog`ini kengaytirish, shuningdek ayrim shaharlar birlashishi urbanizasiyani rivojlantirishning muxim jihatlari hisoblanadi. Bu esa o`z navbatida, katta va yirik bo`lgan shaharlarning iste`mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish funksiyasini engillashtirish hamda uy-joylar joylashuvi va avtomobl qatnovi yuklamasini maqbullashtirish imkonini beradi”.

“2030 yilga borib muhim sanalgan ko`rsatkichlar namoyon bo`ladi”

  • Konsepsiyani ishlab chiqishda asosiy e`tibor mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirishga qaratilgan bo`lib, ushbu Konsepsiya muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar va jamoat joylarini rivojlantirishni ham o`z ichiga olgan. Ma`lumki, shahar infratuzilmasining rivojlanganligi darajasiga shaharlarga jalb qilinadigan investisiyalar hajmi va shaharlarga qishloqlardan aholining tabiiy migrasiyasi bog`liq. Bu yo`nalish bo`yicha Konsepsiya doirasida 2030 yilga borib shaharlarda markazlashtirilgan suv va gaz ta`minotini 90% ga, suvoqava tizimi bilan ta`minlash 68,9%ga, kishi boshiga o`rtacha to`g`ri keladigan uy-joy fondi hozirgiga taqqoslaganda 16 kv.m.dan 20 kv.m.ga, 19 yoshga to`lgan aholini oliy ta`lim bilan qamrab olinishini 50%ga (hozir 20%) etkazish ko`zda tutilgan. Ushbu maqsadli ko`rsatkichlarni keyinchalik o`sish jihatdan qayta ko`rib chiqish ehtimoli ham bor”.

Aripov, shuni ham ta`kidladiki, Konsepsiya doirasida alohida shaharlar va shahar aglomerasiyalarining qiyosiy va raqobatbardosh afzalliklarini hisob olgan holda shaharlarda ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ob`ektlarini joylashtirish ham ko`zda tutilgan.

Aripov Sirdaryo viloyati misolida viloyatning tabiiy salohiyatidan – hududiy joylashuvidan foydalanish orqali viloyatni rivojlantirishni ko`zda tutuvchi, hozirda muhokamaga ko`yilgan loyiha haqida so`zlab berdi. Bugungi kunda viloyatning bir nechta shaharlaridan o`tuvchi asosiy tranzit yo`llari: M34 - Guliston va Yangier shaharlarini, AN5 – Sirdaryo va Baxt shaharlarini, A376 – Xovos va Shirin shaharchalarini bog`laydi. Yo`l oldi infratuzilmasining rivojlanishi va Sirdaryo viloyati hududida transport “xab”ining qurilishi shaharlarni kengayishi va rivojlanishi uchun va qolgan sohalarni tabiiy rivojlanishi uchun boshlang`ich asosni yaratib beradi.

“Islohotlar, ayniqsa urbanizasiya kabi yirik ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lganlari, shikoyat va norozichiliklarsiz o`tmasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Barcha savollarga birdaniga to`g`ri javoblarni topish juda qiyin. Ko`plab muammolar va tushunmovchiliklar tug`ilmoqda va tug`ilishda davom etaveradi. Shuning uchun ham bizlar uchun tinglay oladigan, eshita oladigan va ma`lumotlarni keng ommaga to`g`ri etkaza oladigan, balkim teskari aloqani ham ta`minlab bera oladigan jurnalistlar bilan suhbat qurish juda muhim.”

Ko`plab binolarni buzish va “siti”larning qurilishi bilan bog`liq bo`lgan savollarga Aripov mahalliy hokimiyat biron-bir ob`ekt yoki inshootni buzishga doir qarorlarni aholi punktini rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib qabul qilinishini aytdi. Quruvchilar o`z majburiyatlarini bajarmayotganligi - bu boshqa masala. Bu erda har bir alohida holatning o`ziga xos xususiyatlarini tushunish muhimdir – aslida ob`ektni buzishga bo`lgan real extiyoj bormi, ob`ekt tarixiy va madaniy ahamiyatga egami. Har qanday holatda ham buzish va noqonuniy qurilishlarga oid faktlarni mahalliy hokimiyatga etkazish jamiyatning burchidir. Bu yo`nalish bo`yicha Agentlik aholi punktlarini o`sish polyuslarini inobatga olgan holda rivojlanishini muvofiqlashtirib boruvchi yangi mexanizmni joriy etishni rejalashtirmoqda. Vazirliklar va hokimiyatlar aholi punktini rivojlantirish bo`yicha qabul qilinayotgan qarorlarni muvofiqlashtirib borishlari kerak.

“Agentlikning asosiy mahsulotlaridan biri – aholi punktlarini rivojlantirish strategiyasidir”

“Urbanizasiya bu keng qamrovli va uzoq muddatli jarayon bo`lib, Agentlikning vazifasi ushbu yo`nalishda ijtimoiy yo`naltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Men respublika miqyosidagi vazirliklarimiz ishlariga chin qalbimdan havas qilaman, chunki ular mahsulot yaratadilar: maktablar, bog`chalar va hokazo. Bizning Agentlikning asosiy mahsulotlaridan biri, bu - aholi punktlarini rivojlantirish strategiyasidir.Bu ish sezilarli bo`lmasligi mumkin, lekin bu juda ham katta jarayon bo`lib, muayyan vaqt davomida amalga oshiriladi”.

Konsepsiya raqamlar va bosqichlarda

  • 2019-2020 yillar: 120 shahar, 1070 qishloq va 11 ming qishloq aholi punktlarini rivojlantirish, shahar xizmatlari va sharoitlari bo`yicha strategiyani shakllantirish;
  • 2020-2025 yillarda: Samarqandda yangi “diqqatga sazovor joylar”ni shakllantirish, Namangan va Farg`ona shaharlarida million kishilik yirik shaharlarni (aglomerasiyalarni) tashkil etish;
  • 2025 yil: Respublikaning 120 ta shahrini zarur infratuzilma bilan ta`minlash (kamida 70%);
  • 2030 yil: 1070 ta posyolkani zarur infratuzilma bilan ta`minlash (kamida 70%);
  • 2020-2040 yillar: qolgan 11 ming qishloq aholi punktlari uchun zarur infratuzilmani ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2030 yilga qadar O`zbekiston Respublikasida shaharlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasini yaratish jarayonida bir biriga bog`liq sohalarda 30 dan ortiq konsepsiya va dasturlar o`rganildi: uy-joy kommunal xo`jaligi, qurilish, transport kommunikasiyalari, energetika, ta`lim, sog`likni saqlash va boshqa ko`plab sohalar o`rganildi. Xujjatni ishlab chiqishda ushbu tarmoqlar uchun ma`sul bo`lgan davlat idoralari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar OTV, Jaxon banki, OESD va boshqa ekspertlar ishtirok etdi.

Foto: Yuriy Korsunsev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1