AsosiyJamiyat
1686

Samarqanddagi YTHda "Nexia-2" ikkiga bo`linib ketdi

'Samarqanddagi YTHda "Nexia-2" ikkiga bo`linib ketdi'ning rasmi

Samarqanddagi YTHda "Nexia-2" ikkiga bo`linib ketdi. Viloyat IIB YHXB holat bo`yicha ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 18 may kuni soat 23.00 atrofida Samarqand shahrining Islom Karimov ko`chasida yuz bergan. 1991 yilda tug`ilgan haydovchi Nekciya-2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`lning chetki qismida joylashgan temir ustunga o`ng yon tomon orqa eshigi bilan urilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar