AsosiyJamiyat
1875

Surxondaryoda haydovchi ikki nafar bolani urib yubordi

'Surxondaryoda haydovchi ikki nafar bolani urib yubordi'ning rasmi

Joriy yilning 17 may kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Darband mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-110 avtomobil yo`lining 79-kilometrida 2000 yilda tug`ilgan haydovchi M.B. o`ziga tegishli bo`lgan Cobalt avtomashinasida tezlikni oshirib, o`rnatilgan svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangan.

Natijada yo`lning o`ng tomonidan chap tomoniga o`tmoqchi bo`lgan 3 nafar voyaga etmagan bolalardan ikki nafarini urib yuborgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko`rinishicha, haydovchi bolalarga yordam ko`rsatmay, voqea joyidan qochib ketgan.

Yo`l transport hodisasi oqibatida 2012 yilda tug`ilgan R.M. olgan tan jarohati bilan tuman Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga olib borilgan. Biroq bola ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etadi.

«Qolgan ikki nafar voyaga etmagan bolalarning salomatligi yaxshi, hozirda yashash xonadonida», – deyiladi viloyat IIB xabarida.

Holat yuzasidan Muzrabot tumani IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari boshlangan. Ammo, rasmiy ma`lumotda jinoyatchining qo`lga olingani yoki yo`qligi haqida ma`lumot berilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar