AsosiyJamiyat
1797

Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" boshlandi

'Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" boshlandi'ning rasmi

Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istrohat bog`i yonida 63-xalqaro "Gullar festivali"ning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Festivalini Namangan viloyati hokimi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.

Viloyat rahbari o`z nutqida nafosat va go`zallikka oshufta dillarni o`ziga rom etayotgan ardoqli bayram yillar davomida takomil topib, viloyatning "tashrif qog`ozi"ga aylanib ulgurganini ta`kidladi.

Buni yildan-yilga ushbu saylga tashrif buyurayotganlar qamrovi kengayib borayotgani, birgina o`tgan yilgi festivalga 5 millionga yaqin kishi mehmon bo`lib kelganidan ham ko`rish mumkin. Bu yilgi anjumanda esa 7 mln mehmon tashrifi kutilmoqda.

Shuningdek, viloyat rahbari 63-xalqaro "Gullar festivali" o`tkazilishiga yaqindan ko`mak bergan barcha mas`ul idoralar, xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar, Madaniyat, Turizm vazirliklari mutasaddilariga alohida minnatdorchilik bildirib o`tdi.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar