AsosiyJamiyat
2096

Samarqandda maktab o`quvchisi “samosud” qilindi

'Samarqandda maktab o`quvchisi “samosud” qilindi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Past Darg`om tumanidagi maktab o`quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan “samosud” qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Unda aytilishicha, bola o`z sinfida o`qiydigan qiz bilan hazillashgani uchun qizning akasi kelib maktabdan olib chiqib sochini olgan, qoshini kuydirib “samosud” qilgan.

Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan Past Darg`om tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar