AsosiyDunyo
2048

Eron prezidentining vertolyoti halokatga uchradi Zin

'Eron prezidentining vertolyoti halokatga uchradi Zin'ning rasmi

Bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo`lgan vertolyot Ozarboyjon bilan chegara yaqinida «qattiq qo`nish»ni amalga oshirgan, bu haqda Associated Press agentligi Eron davlat televideniesiga asoslanib xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, qutqaruvchilar poytaxt Tehrondan taxminan 600 km shimoli-g`arbda ro`y bergan voqea joyiga etib borishga harakat qilmoqda. Qutqaruv amaliyotini noqulay ob-havo sharoiti qiyinlashtirmoqda — hududda tuman, yomg`ir va kuchli shamol kuzatilmoqda.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy ham prezident vertolyoti bilan bog`liq hodisa faktini tasdiqlagan va qutqaruv brigadalari hozircha voqea joyiga etib bora olmaganini bildirgan.

Ayni vaqtda Qizil Yarim oy qutqaruvchilari, harbiy xizmatchilar va polisiyachilar ishtirokida keng ko`lamli qidiruv amaliyoti o`tkazilmoqda.

Vertolyotda Eron prezidentidan tashqari mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmati va boshqa bir necha mulozimlar ham bo`lgan.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar