1

Kumush taqinchoqlarni sumkaga yashirish qimmatga tushdi

Jinoyat 09.10.2019, 17:38
Kumush taqinchoqlarni sumkaga yashirish qimmatga tushdi

“Samarqand” xalqaro aeroportiga xorijiy yo`nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Sh.I. “yashil” yo`lak orqali bojxona nazoratidan o`tish vaqtida unga tegishli bo`lgan yuklar bojxonachilar tomonidan xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, ushbu shaxsning sumkasi ichida olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan umumiy qiymati 8 million so`mlik, 745,58 gramm og`irlikdagi kumushdan ishlangan zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi. 

Davlat asillik darajasini belgilash palatasinin xulosasiga ko`r amazkur qimmatbaho metall kumush qotishmasidan yasalganligi ma`lum bo`ldi.

Ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan sud majlisida fuqaro Sh.I. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 227(22)-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi  va unga nisbatan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1