Joriy yilning 3 noyabr kuni I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha poytaxtimizga kelgan ana shunday bir guruh shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma`lum qildi.
So`nggi yillarda mamlakatimizda turizm salohiyatini qo`llab-quvvatlash, tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida qariyb 60 dan ortiq xorijiy davlat fuqarolari uchun O`zbekistonga 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilindi. Afsuski bunday yaratilayotgan imkoniyatlardan o`zining qing`ir ishlari yo`lida foydalanayotgan ayrim shaxslar ham uchramoqda.
Bir guruh “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha kelganlarning Italiya davlatiga tegishli fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxslar aslida Eron Islom Respublikasi fuqarolari ekanligi ma`lum bo`ldi. Ularga qonunchiligimizda belgilangan tartibda chora ko`rildi.







