AsosiyJamiyat
2381

Bugun Toshkentning bir qator markaziy ko`chalari transportlar uchun vaqtincha yopiladi

'Bugun Toshkentning bir qator markaziy ko`chalari transportlar uchun vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Poytaxtimizda 9 noyabr kuni soat 14:30 dan 16:00 gacha velomarafon o`tkazilishi munosabati bilan ko`chalarning bir qismi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ogohlantirmoqda. Demak, ular quyidagilar: 

📍Afrosiyob ko`chasining Beshyog`och ko`chasidan Oybek ko`chasigacha bo`lgan qismi;

📍Shaxrisabz ko`chasining Oybek ko`chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo`lgan qismi;

📍Islom Karimov ko`chasining Amir Temur xiyobonidan Furqat ko`chasigacha bo`lgan qismi;

📍Furqat ko`chasining Islom Karimov ko`chasidan Beshyog`och ko`chasigacha bo`lgan qismi;

📍Beshyog`och ko`chasining Furqat ko`chasidan Afrosiyob ko`chasigacha bo`lgan qismi.

 

Shahar hokimiyati keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`raydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar