Buvayda tumani "Ozod" MFYda istiqomat qiluvchi, 1955-yilda tug`ilgan Mo`minjon ota sobiq SSR pasporti bilan yurgani, e`tiborsizligi tufayli biometrik pasportni olmaginni aytib Buvayda tumani adliya bo`limi xodimlariga murojaat qildi. Bu haqda Farg`ona viloyati Adliya boshqarmasi ma`lum qildi.
Bo`lim xodimlari otaga huquqiy maslahat berib, qay tarzda yangi pasportni qo`lga kiritishi va bu uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida ma`lumot berdilar.
Ota tumandagi pasport bo`limiga barcha hujjatlarni topshirdi.
Tez kunda adliya maslahati va ko`magi bilan Mo`minjon ota yangi biometrik pasportlik bo`ladi.