AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kunda 1642 nafar qoidabuzar haydovchi va 98 nafar piyoda qayd etildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yi...

'Toshkentda bir kunda 1642 nafar qoidabuzar haydovchi va 98 nafar piyoda qayd etildi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi.

10 noyabr kuni kun davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YPX inspektorlari 1642 ta yo`l harakati qoidalarini buzish holatlarini aniqladilar. Ularning 142 tasi qo`pol qoidabuzarliklardir. Xususan, 28 nafar haydovchi taqiq signaliga e`tibor bermagan, 7 kishi mast holatda avtomobilga o`tirgan, 26 haydovchi tegishli hujjatsiz mashinani boshqargan.

145 nafar haydovchi piyodalar o`tish joyida piyodalarga yo`l bermagan.

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xodimlari tomonidan piyodalar tomonidan yo`l harakati qoidalarini buzilishini aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar muntazam olib borilmoqda. Huddi shu kuni 98 nafar piyodalarga Yo`l harakati qoidalarini buzganlik holatlari to`g`risida bayonnomalar tuzildi. 

Stasionar va ko`chma avtomatlashtirilgan radarlar 853 haydovchining belgilangan tezlikdan oshganligini qayd etishdi.

 

Boshqa yangiliklar