1

O`zbekiston markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechmoqchi

Jamiyat 12.11.2019, 14:34
Teglar: byudjet, qonun
O`zbekiston markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechmoqchi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonun loyihasi qizg`in muhokama qilinmoqda, deya xabar bermoqda Qonunchilik palasi axborot xizmati. 

Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda. 

Mazkur qonun loyihasi bilan respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa, joylardagi mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo`yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. 

Deputatlar ta`kidlaganidek, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir o`ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechishdir. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro`yxatdan o`tkazish yig`imlari mahalliy byudjetga o`tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko`rsatish uchun aksiz solig`i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar o`rtasida qayta taqsimlanadi. Qo`shimcha qiymat solig`i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i bo`yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to`liq hududlarda qoldiriladi. 

Ta`kidlash joiz, bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar o`z byudjetini qabul qilishda xech qanday vakolatga ega emas edi. Qaysi bir tashkilotga ajratilayotgan mablag`lar etishmasligini yoki ortiqcha ekanligini bilsa ham uni o`zgartish imkoni yo`q edi. 

Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy byudjetlarning daromadlarini soliq turlari bo`yicha hamda xarajatlarini byudjet tashkilotlari kesimida o`zlari belgilashi o`z aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari o`zlariga tegishli bo`lgan byudjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta`minlanadi. Bu, albatta, har bir davlat organining vakolatini kengaytirish bilan birga, mas`uliyatini ham oshiradi. 

Parlament quyi palatasida qonun loyihasi takomillashtirilmoqda.

Sharhlar

Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy etilmoqda

13.11.2021, 14:28

«Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida»gi Qonuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhini nazarda tutadi.Konstitusiya va qonunlari normalariga rasmiy sharh Konstitusiyaviy sud tomonidan beriladi.Biroq, amaldagi qonunchilikda qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh...
Hokim o`rinbosarlari deputatlarga hisobot beradi – Moliya vazirligi

25.03.2021, 17:40

Bugun, 25 mart kuni AOKA binosida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalariga bag`ishlab o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida qo`yilgan vazifalar yuzasidan matbuot...
Oliy ta`lim tizimida byudjet mablag`lari sarfida qonunbuzilish holatlariga izoh berildi

01.02.2021, 15:34

Bugun, 1 fevral kuni AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig`i Salohiddin ToshmatovOliy ta`lim...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1