Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov viloyatning Yuqori Chirchiq, Bo`stonliq, Zangiota, Yangiyo`l, Quyi Chirchiq tumanlarida qurilish boshlangan va davom etayotgan masjidlarni borib ko`rdi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo`limi.
Joriy yilda Toshkent viloyatida yangidan qurilayotgan 29 ta masjidning 8 tasi mazkur tmunlarda joylashgan. Barcha masjidlarda ish qizg`in. Qishning qironli kunlarigacha tomlar yopilib, tashqi ta`mir ishlarini imkon qadar yakunlash lozim.
Quyi Chirchiq tumanidagi sakkizburchak shaklida qurilayotgan “Olmazor” masjidi asosiy binosi yuqori qismining metall konstruksiya ishlari yakunlanib, gumbaz o`rnatilishi arafasida. Ming kishilik sig`imga ega mazkur xonaqoh o`zining balandligi va yorug`lik tizimi bilan alohida ajralib turadi. Gumbazning balandlik shakli taralayotgan tovushni aks-sado yordamida binoning hamma qismiga teng taqsimlanishiga yordam beradi.
Xayrulloh domla Turmatov katta yo`l yoqalarida qurilayotgan masjidlar va tahoratxonalar loyihalari bilan tanishdi. “Al Iymon”, “Abdujalilbob” masjidlari qayta qurilayotgan bo`lsa, “Huzayfa” masjidining tahoratxonasi yangidan barpo etilmoqda.
Bu masjidlar hudud aholisi, qolaversa, yo`ldan o`tuvchi ziyoratchilar, musofirlarga xizmat qiladi. Shuning uchun loyihani puxta o`ylab, namozxonlarga har tomonlama yuqori shart-sharoitlarni ta`minlashimiz zarur. Issiq suv zahirasi, imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus sharoit va boshqalar. Zotan yo`lovchilarga xizmat qilsak, Alloh ishlarimizga baraka ato etadi, dedi bosh imom-xatib.
09.12.2022, 10:08
Sal avval Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlarining ayrimlari oylik maoshni o`z vaqtida olmaganliklari haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining...12.09.2022, 12:00
Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda, ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib, sharmanda qilmaslik evaziga undan 10...13.11.2021, 13:00
Afg`onistonning Nangahor viloyatida juma kuni namoz vaqtida navbatdagi portlash yuz berdi.Afganistan International telekanali xabariga ko`ra, juma namozi vaqtida xudkush-terrorchi tomonidan portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Natijada,...03.09.2021, 15:30
Ijtimoiy tarmoqda "Novza masjidi oldida Juma namoziga kelganlar jarimaga tortilmoqda" sarlavhasi ostida video tarqaldi. YHXBB holatga quyidagicha izoh berdi.Yo`l harakati qoidalariga ko`ra, transport vositalarini yo`lning...