AsosiyJamiyat

“Prokuratura to`g`risida”gi Qonunga o`zgartirishlar kiritildi

'“Prokuratura to`g`risida”gi Qonunga o`zgartirishlar kiritildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, ba`zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan 20 ga yaqin qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.

Jumladan, “Prokuratura to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra prokuratura organlari xodimlari ishining o`ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda, 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo`lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo`shimcha ta`til beriladi.

Shu bilan birga, endilikda Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bilan shug`ullanishga ruxsat etiladi (ilgari ular ilmiy, o`qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan faqat asosiy ishdan bo`sh vaqtda shug`ullanishi mumkin bo`lgan).

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar