AsosiyJamiyat

Bosh prokuror Rossiya Federasiyasi Bosh harbiy prokurori bilan nimalarni muhokama qildi?

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig`matilla Yo`ldoshev Rossiya Federasiyasi Bosh h...

'Bosh prokuror Rossiya Federasiyasi Bosh harbiy prokurori bilan nimalarni muhokama qildi?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig`matilla Yo`ldoshev Rossiya Federasiyasi Bosh harbiy prokurori Valeriy Petrov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura faoliyatining ustuvor yo`nalishlari va asosiy o`zgarishlari haqida ma`lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko`lamli masalalari, avvalo, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, tomonlar o`zlariga qiziq bo`lgan keng ko`lamli masalalarni muhokama qildilar, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Qayd etilishicha, O`zbekiston tomoni Rossiya delegasiyasining tashrifini ikki davlat prokuraturalari o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea deb biladi.

O`z navbatida janob Petrov mehmondo`stlik va samimiy qabul uchun O`zbekiston Bosh prokurori N.Yo`ldoshevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federasiyasi Bosh harbiy prokuraturasining asosiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o`zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llash hamda prokuratura kadrlarini tizimli o`qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish ko`zda tutildi.

Boshqa yangiliklar