AsosiyJamiyat

Toshkentda 17-18 noyabr kunlari bayroq marshlari bo`ladi

'Toshkentda 17-18 noyabr kunlari bayroq marshlari bo`ladi'ning rasmi

 

17-18 noyabr kunlari Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan vatanparvarlik ruhidagi madaniy-ko`ngilochar va sport tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Milliy iftixor ramzi sifatida tashkil etilayotgan tadbirlar “Davlat bayrog`i – faxrim, g`ururim!” shiori ostida o`tkaziladi.

17 noyabr kuni:
Soat 11.00 dan 12.00gacha Amir Temur xiyobonidan I.Karimov ko`chasi bo`ylab Xalqlar do`stligi maydonigacha harbiy otliqlar otryadining O`zbekiston davlat bayrog`i marshi o`tkaziladi;
Soat 11.00 dan 12.00gacha Yashnobod tumanidagi flagshtok o`rnatilgan maydondan Xalqlar do`stligi maydonigacha velosportchilarning O`zbekiston davlat bayrog`i marshi bo`lib o`tadi;
Soat 15.00 dan 17.00gacha Oybek va Nukus ko`chalari kesishmasidan “Xumo arena” muz saroyigacha “Davlat bayrog`i – faxrim, g`ururim!” ommaviy yugurish marafoni o`tkaziladi;

18 noyabr kuni:
Soat 12:00dan 16:00gacha Bektemir tumanidagi baland flagshtokka Davlat bayrog`i o`rnatilgan aylanma yo`lda madaniy-ko`ngilochar va sport tadbirlari o`tkaziladi;
Soat 16:00dan 17:00gacha Bektemir tumanidagi flagshtok o`rnatilgan maydondan Xalqlar do`stligi maydonigacha avto, motohavaskorlar jamoalarining O`zbekiston davlat bayrog`i marshi bo`lib o`tadi;
Soat 16:00dan 19:00gacha Yashnobod tumanidagi baland flagshtokka Davlat bayrog`i o`rnatilgan xiyobonda bayram tadbiri tashkil etiladi;
Soat 16.00 dan 20.00gacha Xalqlar do`stligi maydonida asosiy bayram tadbiri o`tkaziladi.

Milliy ramzlarimizga o`z hurmat va e`tiboringizni namoyon eting va vatanparvarlik ruhidagi tadbirlarimizda ishtirok eting.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar