Buxoro shahrida “VAZ 21011” rusumli avtomashina olib qochilganidan so`ng davlat raqam belgilari echib olingan holatda Shayx ul-Olam ko`chasidan topilgan, deya ma`lum qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Aniqlanishicha, 2019 yil 13 noyabr kuni taxminan soat 10:00 da Buxoro shahar I.Mo`min ko`chasi 28-uy oldida fuqaro I.G. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “VAZ 21011” rusumli avtomashina 28 yoshli A.Sh. tomonidan olib qochilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Buxoro shahar Shayx ul-Olam ko`chasida oldi va orqa davlat raqam belgilari echib olingan holatda topilgan.
Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish jarayonida avtomashinaning oldi davlat raqam belgisi Zulfiya ko`chasi yo`l yoqasidan topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 13 noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan A.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
15.11.2019 10:40