AsosiySiyosat

Bugun Adliya vazirining axboroti eshitildi

'Bugun Adliya vazirining axboroti eshitildi'ning rasmi

Markaziy saylov komissiyasining bugun bo`lib o`tgan majlisida Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning “Saylov qonunchiligi targ`iboti oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi axboroti eshitildi.

Adliya vazirligi tomonidan saylov qonunchiligini tushuntirish bo`yicha Markaziy saylov komissiyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi hamda ushbu dastur asosida targ`ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. 

Vazirlik tomonidan 450 dan ortiq adliya xodimlari saylov qonunchiligini targ`ib etish va aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish ishlariga safarbar etilgan.

Ular maxsus o`qitilib, saylov targ`ibotiga tayyorlandi, har biri o`z oldiga aniq vazifalarni qo`ygan holda bu jarayonda ishtirok etmoqda. 

Bundan tashqari, Biz davlat idoralari va tashkilotlarida xodimlarga saylov qonunchiligi bo`yicha mahorat darslari tashkil qilindi. 

Aholi orasida saylov qonunchiligi targ`iboti “respublika – viloyat – tuman – mahalla – xonadon” prinsipi asosida tashkil 
etib, 6 000 dan ortiq tadbirlar o`tkazildi. 

O`tkazilgan tadbirlarning 1 166 tasi mehnat jamoalarida, 
2 210 tasi mahallalarda, 680 tasi ta`lim muassasalari hamda 
726 tasi boshqa manzillarda tashkil etildi.

Shuningdek, 164 marotaba televidenieda, 187 marotaba radioda, 930 marotaba gazeta, jurnal, sayt va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilindi.

Saylov qonunchiligidagi o`zgarishlarni aholiga tuguntirish maqsadadi jamoat joylarida tuman adliya bo`limlari tomonidan “Saylov huquqshunosi” burchaklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, “Saylov huquqshunosi” nomli o`nlab fleshmob aksiyalari o`tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda OAV 
va jurnalistlar uchun “Yangi O`zbekiston – yangi saylovlar” mavzusida matbuot anjumanlari o`tkazildi. Bu anjumanlar nafaqat poytaxtda, balki barcha hududlarda tashkil qilindi.

Shu bilan birga, adliya organlari tomonidan aholi o`rtasida saylov qonunchiligi bo`yicha blis-so`rovlar o`tkazildi. Unda fuqarolar o`zlarining tushunchalaridan kelib chiqib, sodda va tushunarli javob beradilar. Bu esa o`z navbatida saylov targ`ibotining xalqchilligini ta`minlab, odamlarga o`zlari tushunadigan tilda etkazishga xizmat qildi.

Bundan tashqari, “Huquqiy axborot” telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlarda maxsus #Saylov_2019 heshtegi bilan saylovga oid o`nlab ma`lumotlar va infografikalar e`lon qilindi.

Adliya vaziri o`z nutqida, saylovlarning tartibli va qonun talablariga binoan o`tishini ta`minlash borasida qo`yilgan qator vazifalar haqida ham to`xtaldi.

Xususan, fuqarolarga saylov huquqlarini tushuntirishda tuman adliya bo`limlarihar bir mahalla, xonadonga kirib borib, manzilli targ`ibotni amalga oshirishadi. 

Shu bilan birga, vazirilkning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va “Huquqiy axborot” telegram kanali orqali “Saylov alifbosi” rukni tashkil etilib, saylovga oid tushunchalar izohini sodda, lo`nda va tushunarli tarzda har kuni berib boriladi.

Saylov qonun hujjatlari normalarini to`g`ri qo`llanilishi monitoring qilishda Markaziy saylov komissiyasiga yordam berish.

Asosiy maqsad oldimizda turgan saylovlar har tomonlama yangi, shaffof va haqqoniy o`tib, saylov qonunchiligiga qat`iy rioya etilishini ta`minlashdir, dedi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar