1

«MONT BLANC» shifxonasida 3 nafar bemorning o`limi bilan bog`liq holat yuzasidan axborot

Jinoyat 18.11.2019, 10:25
Teglar: Bosh prokuratura, MONT BLANC
«MONT BLANC» shifxonasida 3 nafar bemorning o`limi bilan bog`liq holat yuzasidan axborot

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi «MONT BLANC» xususiy shifxonasida bemorlar o`limi bilan bog`liq holat yuzasidan axborot berdi.

I. 01.08.2019 yilda Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan «Mont Blanc» xususiy shifoxonasida fuqaro U. Baxranovga burun qiyshiqlarini to`g`irlash yuzasidan jarrohlik amaliyoti o`tkazilganidan so`ng, bemorning sog`lig`i yomonlashganligi sababli, 20.08.2019 yilda Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida joylashgan shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq, unga ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan U.Baxranov vafot etgan.

II. 15.08.2019 yilda Qozog`iston Respublikasi fuqarosi L.Apostolovaga  «Mont Blanc» xususiy klinikasida tashqi burun deformasiyasi va burun to`sig`i qiyshayishi to`g`irlash bo`yicha jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan hamda burun to`sig`i qiyshayishi to`g`irlangan. 

Jarrohlik amaliyotidan so`ng, bemor mustaqil nafas olishga o`tkazilgan va unga antibakterial da`vo maqsadida «seftrakson» dori vositasi ichki qon tomiri orqali 1,0 ml. miqdorida yuborilgan.

Shundan so`ng, bemorning ahvoli keskin og`irlashgan va chuqurlashtirilgan tekshirishlar o`tkazish maqsadida RShTYoIMga olib borilgan. 

19.08.2019 yilda markaz shifokorlari tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, L.Apostolova shifoxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

III. 24.08.2019 yilda  «Mont Blanc» xususiy klinikasida fuqaro G.Sharifovaga burun sohasida jarrohlik amaliyoti o`tkazish vaqtida unga yuborilgan narkoz noto`g`ri ta`sir qilishi natijasida ahvoli og`irlashgan.

Natijada shu kunning o`zida bemorning uning yaqin qarindoshlari tomonidan  «Akfa medline» xususiy shifoxonasiga (klinik o`lim holatida) olib kelingan.

26.08.2019 yilda shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar ko`rsatilganligiga qaramasdan, G.Sharifova shifoxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Mazkur holat bo`yicha to`plangan hujjatlar Bosh prokuraturada o`rganilib, 12.11.2019 yilda JKning 116-moddasi 4-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha Shayxontohur tuman prokuraturasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, uning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tomonidan yuqoridagi kabi holatlarni kelgusida sodir etilishini oldini olish bo`yicha Sog`liqni saqlash vaziriligiga taqdimnoma kiritilgan.

 

Sharhlar

Toshkentda er ayolini o`ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Oydinlik kiritildi (video)

29.08.2022, 12:54

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini o`ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha,...
2021 yil davomida O`zbekistonda qancha mansabdor shaxslar jinoyatga qo`l urgani ma`lum qilindi

21.01.2022, 02:17

2021 yil davomida respublika bo`yicha jami 2.345 ta jinoyat ishi bo`yicha 2.804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka  tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar...
Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashda kreativ usuldan foydalanmoqda

09.12.2021, 23:53

So`nggi kunlarda prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.Bosh prokuratura o`z tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda...
Bosh prokuraturaning yana bir xodimi pora bilan qo`lga olindi

09.12.2021, 21:42

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Unda aniqlanishicha, shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig`ining o`rinbosari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1