Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 2019 yil 19 noyabr kuni onkologiya dori vositalarini ishlab chiqaradigan farmasevtika zavodining ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi “O`zmetkombinat” AJ matbuot xizmati.
Ochilish marosimida Bekobod shahar hokimi Zafar Fayzullaev so`zga chiqib, yig`ilganlarni farmasevtika zavodining ochilishi bilan qizg`in tabrikladi.
“Beta Drugs Limited”qo`shma korxonasining Hindiston tomonidan bosh direktori janob Raxul Batra , bugungi kunda O`zbekiston onkologiya dori vositalarini to`liq chetdan import orqali sotib olishini, korxonaning asosiy maqsad –mahalliy va import o`rnini bosuvchi onkologiya dori vositalarini ishlab chiqarish va O`zbekiston xalqini qulay narxlardagi va sifatli onkologiya dorilari bilan ta`minlanganlik darajasini oshirish ekanligini qayd etdi.
Dori narxlari jihatdan chet el analog dori vositalariga qaraganda, 20-25 foiz arzonroq bo`ladi. Yaqin kelajakda, eksport bozoriga chiqish ham rejalashtirilgan.