Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni oshirishni so`radi.
O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati tomonidan bergan ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yil 21-25 noyabr kunlari A-373 «Toshkent-O`sh» avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog`ishi, tuman tushib, ko`rinuvchanlik 50 m. gacha pasayashi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m. gacha kuchayishi, yo`lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo`lishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e`tibor qaratishingizni so`raymiz:
avtomobillarning texnik holatini to`liq ko`zdan kechirish;
dovon orqali etarli darajada yoqilg`i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
haydovchilarimizning «Qamchiq» dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo`llarda to`xtab dam olishlari;
viloyatlararo yuk tashish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o`tkazilishi.
«Qamchiq» dovoni bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:«Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan o`zlari hamda yo`lovchilar hayotini xavf ostiga qo`ymaslikni so`ragan.