Namangan shahrida “Namangan Square” majmuasi loyihasining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov, shahar hokimi Sh.Abdurazzaqov, loyiha hamkor tashkilotlari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

18 gektar maydondan iborat ushbu zamonaviy shaharchaning markazidan Farg`ona vodiysidagi ilk ikki osmono`par bino o`rin oladi. Zamonaviy turar-joylar, chakana savdo maydonchalarini 10 gektardan ortiq park maydonida o`ziga xos landshaft dizayn bilan joylashtirish rejalashtirilgan.
Shaharchada yugurish va velosiped yo`llari, turli sport maydonchalari hamda viloyatlar orasida birinchi golf maydoni quriladi. Ilg`or “yashil” texnologiyalar” “Namangan Square”ni eng ekologik toza manzilga aylantiradi.

To`rt yil davomida qurilishi mo`ljallangan “Namangan Square” hududida ikkita osmono`par binodan tashqari 1 ming 500 xonadondan iborat turar-joylar, bog`cha, maktab, savdo markazlari barpo etiladi.






