Tadbirkor Saidmahmud Sultonov o`z mablag`lari hisobidan 1 milliard 200 million so`m ajratib, Buvayda tumanidagi 45-umumta`lim maktab hududiga qo`shimcha 120 o`ringa ega bo`lgan zamonaviy o`quv binosi qurib berdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Buvayda tumanida bo`lib o`tgan bayram tadbirida S.Sultonovga mamlakatimizda ta`sis etilgan “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Ko`krak nishoni topshirilish marosimida Farg`ona viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i M.Turdimatov hamda Buvayda tumani hokimi B.Ibragimov ishtirok etdi.
Tadbirkor S.Sultonov Xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatovga bu berilgan e`tibor uchun alohida minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi ishlarida ham ta`lim muassasalariga yordam berish va ko`maklashishini ta`kidlab o`tdi.