1

Yomon kayfiyatdan qanday qutulish mumkin?

SUG'DIYONA 29.01.2015, 09:46
Yomon kayfiyatdan qanday qutulish mumkin?

Yomon kayfiyat — barcha tanish bo`lgan holat. Kimdir bunday ahvolga tez-tez tushib tursa, ayrimlar unga kamroq duchor bo`ladi. Yomon kayfiyatli kishi lanj va hafsalasiz bo`ladi, u bilan muloqot qilish yoqimsiz, hamma narsa uning g`ashini keltiradi. Quyida yomon kayfiyatdan chiqib ketish usullarining ba`zilari keltirilgan, deb yozadi daryo.uz.

Yomon kayfiyatning sabablarini aniqlang

Bunga balki yaqin kishingiz bilan janjallashib qolganingiz yoki sog`lig`ingiz yomonlashgani, yo bo`lmasa, ishdagi qandaydir muammo sabab bo`lgandir? Buni albatta aniqlab, mavjud muammoni bartaraf qiling.

To`yib uxlang va dam oling

Hayot murakkab vaziyatlarga to`la bo`lsa-da, ba`zan o`zingizga dam berib turishga harakat qiling. Aks holda, yomon kayfiyat depressiyaga aylanib ketishi mumkin.

Oddiy kundalik hayotdan quvonch qidiring

Kundalik yugur-yugurdan bir lahzaga to`xtab, atrofingizga boqing: oppoq qorga burkangan tabiatning go`zalligi, qorbo`ron o`ynayotgan bolalarning beg`ubor kulgusi. Tonggi toza havodan to`yib-to`yib nafas oling. Bu — sizning hayotingiz! Yashash naqadar yaxshi!

Yangi xobbi orttiring

Ingliz tili, tikuvchilik, raqs yoki haydovchilik kurslari — bularning barchasi yomon kayfiyat bilan kurashishda eng yaxshi yordamchilar. Yangi bilimlar orttirish jarayonida barcha tashvish va qayg`ular ikkinchi darajaga tushib qoladi.

Yodingizda tuting, hayot uni yoqimsiz narsalar va yomon kayfiyatga sarflash uchun juda qisqalik qiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1