1

MDXMI filiali ilk bor Toshkent shahrida ochildi

Siyosat 12.12.2019, 00:38
Teglar: AOKA, matbuot anjumani,
MDXMI filiali ilk bor Toshkent shahrida ochildi

10 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar saroyida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti hamkorligi bilan “Globallashuv jarayonlarida mamlakat manfaatlarini malakali siyosatchilar himoya qiladi” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Ushbu anjumanda malakali siyosatchilar xususida tilga olingan ayrim savol-javoblar dolzarb masalalarni yuzaga chiqardi.

Xususan, unda ishtirok etgan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashov 22 dekabrda siyosiy partiyalar uchun bo`ladigan saylov bo`yicha ketayotgan tayyorgarliklar yuzasidan vazir o`rinbosari hamda Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari anjumanga qatnasha olmasligini ma`lum qilgan bo`lsa-da, kelgan boshqa javobgar shaxslar bilan birgalikda yuqoridagi mavzu doirasida aytib o`tgan ayrim ma`lumotlari uchun anjumanda bevosita ishtirok etgan jurnalistlarda ko`plab savollar tug`ildi va savol-javoblar jiddiy tus oldi, qiziq holatlar ham bo`ldi. Shular ichida “Darakchi” muxbiri yo`llagan savollarga mutasaddilar tomonidan berilgan asosiy javoblarni keltirib o`tamiz.

Jumladan, Farhod Babashov o`z nutqida birorta ham davlatda Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti filiali tashkil etilmagani, ammo kuni kecha bu filial ilk bor Toshkent shahrida ochilganini tilga oldi. Biroq ushbu institut bilan siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash masalasi bo`yicha qanday yo`nalishlar tashkil etilganiga biror mutasaddi tomonidan oydinlik kiritilmadi(ba`zan hayron bo`lasan kishi: nega aynan mavzuga aloqador ma`lumotlarni o`rganmay, bu bo`yicha ko`nikmasi bo`lmay, mana shunday tadbirlar o`tkazish davom etmoqda?). Yana bir masala shuki, anjuman aynan malakali siyosatchilarni etishtirib chiqarish doirasida o`tkazilmoqda-yu, ammo birorta ham davlatda ochilmagan MDXMI filiali nega aynan O`zbekistonda ochilgani sababi yuqoridagi shaxslardan so`ralganda, ular bunga aniq bir izoh yoki o`zlarining tahlillarini aytolmay, kelgan jurnalistlarga yakdil bir javob berolmadi, sababi esa noma`lumligicha qoldi. Bunga xulosa chiqarishni o`quvchining o`ziga qoldiramiz, albatta.

Shu o`rinda yuqoridagi savollarga berilmagan javoblar uchun izoh berib o`tsak.

Mazkur Toshkent shahrida ochilgan MDXMI filiali tarkibidagi fakultetlar:

•  xalqaro huquq, biznes-informatika(bakalavr, magistr);

•  informasion texnologiya va xalqaro biznes(magistr);

•  xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikasiya yo`nalishlaridan iborat(magistr).

Mazkur oliygohda 44 ta bakalavr, 44 ta magistrlar taxsil olishi uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Shuningdek, bu erda ta`lim Rossiya federasiyasi federal ta`lim sifatlariga muvofiq rus va ingliz tillarida olib boriladi. Bu jarayon esa, ikki davlat o`rtasida siyosiy, strategik sheriklik munosabatlarini yanada yaxshilashga ham qaratilgan.

Tadbirda kunning dolzarb masalalaridan biri bo`lgan siyosiy rahbarlarning saviyasi va ularning bugun olib borilayotgan siyosiy islohotimizdagi “namunasi” haqida gap borganda, aynan va hamkorlikda tayyorlanishi kutilayotgan siyosiy kadrlar ham yuqoridagilarning yo`lidan ketmasligi, ular qilgan xatolarni takrorlamasligi uchun qanday amaliyot qo`llanayotgani so`raldi. Shuningdek, hech kimga sir emaski, yaqin o`tgan davrda prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan siyosatga (2019 yil 29- yanvarda “Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tatqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4139-sonli qaroriga) qarshi harakat qilgan, davlatimiz imidjiga salbiy ta`sir qilgan, uni obro`sizlantirgan bir nechta viloyat va shahar (Toshkent shahar) hokimlarining qonunlarni mensimasligi, xulqi, muomila madaniyati va boshqa ko`plab qilgan keskin xatolari yuzasidan ularni qayta tarbiyalash, siyosiy ta`lim berish va boshqa shu kabi jiddiy ishlarni amalga oshirish uchun ham qanday ishlar amalga oshirilgani (oshirilayotgani) haqida savol berildi.  

Ushbu savollarga Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi dosenti, siyosatshunoslik fanlari nomzodi Uchqun Dustov quyidagicha javob berdi:  

— Ma`lumki, hokimlar va yuqori mansabdor kishilarni qayta tayyorlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi shug`ullanadi. U erda qayta tayyorlov uchun qisqa va uzoq muddatli kurslar bor.  Hokimlar va shu kabi boshqaruvchilar vaqti-vaqti bilan chaqirilib, malakasi oshirilib, biz bu erda muhokama qilayotgan jarayonlar ham tushuntriladi: Xalqaro jarayonlar, siyosiy jarayonlar, mana bu (22 dekabrdagi) saylov jarayonlari bo`yicha bilim beriladi.

Uchqun Dustov mazkur savolga javob berishdan avval siyosiy partiyalarni va hokimlarning yuqorida tilga olingan ahvoliga sabab qilib, ularning siyosiy bilimdan xabari yo`qligini qat`iyat bilan ta`kidladi. Bu javoblardan xulosa qilishni yana Sizga havola qilamiz, O`quvchi.

Tadbirda yana bir tushunarsiz yoki noo`rin amaliyotga duch keldik: Biror rasmiy anjuman yoki tadbirga borganingizda qo`ligizga muhokama qilinadigan mavzuga aloqador press-reliz tutqaziladi. Siz hech ko`rganmisiz, hali o`tmagan tadbir press-relizida o`tildi qilib yozib qo`yilganini, vaholanki buni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tayyorlagan.

Ammo o`tgan yangi davrda Oliy ta`lim va boshqa tizimlarda ham ko`plab ijobiy o`zgarishlar bo`layotgani ham bor gap.

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo`lsak, mamlakatimiz va uning siyosatini rivojlantiradigan yosh kadrlar kerakligini, bu rostdan ham zaruratga aylanyapganini hayotning o`zi ko`rsatib turibdi. Ammo hech qaysi davlat shu paytgacha kerak deb hisoblamagan chet el Oliy ta`limlari bilan hamkorlik qilishda obdon o`rganib, tahlillarga tayanib, bu nima uchunligini chuqur his qilib, uni keng jamoatchilikka ochiq-oydin tushuntirgach, shundan keyingina har qanday istiqbollar uchun harakat qilsa, davlat va uni boshqaradigan kadrlarni to`g`ri tarbiyalash hamda o`qitishni yo`lga qo`ysa har qancha yarashadi.  

Shuningdek, shu kabi anjuman va tadbirlarni tashkillashtirishda vazirlik va tashkilotlar tomonidan savollarga aniq va to`liq javob beradigan mutaxassislar jalb etilishiga jiddiy e`tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo`lardi.

Ma`lumot uchun:

Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish maqsadida joriy o`quv yilidan boshlab 21 ta xorijiy mamlakatning 103 ta oliy ta`lim muassasasi bilan hamkorlikda 141 tv qo`shma ta`lim dasturi yo`lga qo`yildi. Natijada hozirgi kunga kelib esa 6230 nafar talaba tahsil olmoqda. Qo`shma ta`lim dasturlarining 79 tasi hududiy oliy ta`lim muassasalarida, 62 tasi esa poytaxt OTMlarida yo`lga qo`yildi.

Bundan tashqari, joriy oxirigacha “El-yurt umidi” jamharmasi orqali 320 nafarga yaqin oliy ta`lim muassasalari aro loyihalar doirasida 850 nafardan oriq professor o`qituvchinning xorijda malaka oshirishi va stajirovkasi ta`minlanadi.

Oliy ta`lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirishga qartilgan chora-tadbirlar natijasida respublika bo`yicha salohiyat ko`rsatkichi 36,8 foizga etdi(2016 yilda – 31,6 %).

Yuqorida ta`kidlangan Prezident qarori bilan 2019-2020- o`quv yili uchun Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetiga:

- “Siyosatshunoslik” bakalavriat ta`lim yo`nalishiga 20 nafar talaba;

- “Amaliy siyosatshunoslik” magistratura mutaxassisligiga 10 nafar talaba;

- “Siyosiy fanlar” fani tarmog`i ixtisosliklari bo`yicha tayanch doktoranturaga 4 kishi va dokturaturaning o`ziga 2 kishi qabul qilindi.

- Etakchi mutaxassislarni jalb etgan holda mazkur universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tashkil etildi.

Abduqodir Mo`minov, "Darakchi" muxbiri

Sharhlar

AOKA direktori Asadjon Xodjaev O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi prezidenti etib saylandi

16.08.2021, 16:46

Bugun AOKAda O`zbekiston kikboksing assosiasiyasining navbatdagi konferensiyasi o`tkazildi. Unda assosiasiya rahbarlari, Ijroi qo`mitasi a`zolari, sportchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etgan.Konferensiyada kikboksing sport turi shu yilning...
AOKA Andijonda jurnalistlarning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi

08.06.2021, 18:08

Kuni kecha Andijonda jurnalistlar kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Andijonda jurnalistlarning kaltaklanishi yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bayonotda aytilishicha, bugun Axborot...
2021 yil 1-choragida 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy ish qo`zg`atilgan

05.05.2021, 17:54

Oliy sud mutasaddilari ishtirokida AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida  2021 yil 1-choragida sudyalarga nisbatan qo`zg`atilgan intizomiy ish bo`yicha ma`lumot berdi:️«Bugungi kunda tizimda 401 ta sud faoliyat...
AOKA nomidan noqonuniy foydalangan sayt rahbariyati ogohlantirildi

28.04.2021, 18:20

Taftish.uz veb-sayti muxbirlari N. A. hamda H. S. faoliyatlari davomida davlat bayrog`i foniga “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Taftish.uz axborot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1