Xalqaro press klubning saylovga bag`ishlangan navbatdagi soni bo`lib o`tdi.
Unda jurnalist Malohat Yo`ldosheva O`zbekiston Ekologik partiyasi vakillariga o`zlarini daraxtga bog`lashlarini taklif qildi.
“Ekologik partiya tashkil topganiga 11 oy bo`ldi, saylov kampaniyasi e`lon qilinganiga 85 kun bo`ldi. Besh kun vaqtinglar qoldi. Shuncha paytdan buyon shuncha daraxt kesilyapti. Lekin birorta partiya vakili chiqib, shu kesilayotgan daraxt uchun men turib beraman deganini ko`rsatmadi”, dedi u.
U butun dunyoda yashillar partiyasi vakillari daraxt kesiladigan bo`lsa o`sha daraxtga o`zlarini bog`lab, bu holatga qarshilik qilishlarini ta`kidlab:
“Men bugun Ekologik partiyaga hammaning oldida mana shu arqonni beraman. Mana shu arqon bilan respublikada kesilayotgan har bitta daraxtga Ekologik partiya a`zosi o`zini bog`lasin”, dedi jurnalist.






