AsosiyJamiyat

Korxona ishchilariga deyarli 663 mln. so`m to`lanmagan maosh undirib berildi

'Korxona ishchilariga deyarli 663 mln. so`m to`lanmagan maosh undirib berildi'ning rasmi

Ayni paytda prokuratura yordami bilan mehnatkashlarning huquqlari himoyasi borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan ayrim korxonalarda rahbariyatning mas`uliyatsizligi natijasida ishchi-xizmatchilarning oylik maoshlarini o`z vaqtida to`lab berilishi ta`minlanmasligiholatlari  uchrab turibdi. Bu sababli ishchilar vaqi o`tkazib, ko`p sarson bo`lishmoqda. 

Shunday holat Beshariq tumanida kuzatildi. Ya`ni tuman prokuraturasining yordami bilan «BESHARIQTEKSTIL» AJdan 584 nafar xodimlar foydasiga 662.881.982 so`m ish haqi undirib berildi. Bu haqda prokuror yordamchisi, Mirzaaxror Hasanov xabar berdi.

Tuman prokurori nomiga «BESHARIQTEKSTIL» AJ Buyuk Britaniya qo`shma korxonasining bir necha xodimlari «BESHARIQTEKSTIL» AJ uzoq vaqtdan buyon ularga ish haqi to`lamasdan kelayotgani, shu sababli ushbu ish haqini undirishda amaliy yordam so`rab, murojaat qilgan edi.

Murojaat asosan o`tkazilgan tahlilga ko`ra, «BESHARIQTEKSTIL» AJ 2019 yilning yanvar oyidan 2019 yilning aprel oyiga qadar 584 nafar xodimlarga ish haqi to`lanmagani aniqlandi.

Beshariq tuman prokurorining fuqarolik ishlari bo`yicha O`zbekiston tumanlararo sudiga yuqoridagi xodimlar foydasiga ish haqi undirish haqida kiritgan arizasiga asosan «BESHARIQTEKSTIL» AJdan jamiyatning 584 nafar xodimlari foydasiga jami 662.881.982 so`m ish haqi undirish to`g`risida sud buyrug`i chiqarildi.

Majburiy ijro byurosi Beshariq tuman bo`limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli mulklar ro`yxatga olingan va auksion savdolariga chiqarilgan.

Auksion savdolarida sotilgan mol-mulklar hisobidan 20.12.2019 yilda jamiyat xodimlarining plastik hisob raqamlariga ish xaqlari to`liq o`tkazib berilib, xodimlarning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar