Uza muxbirlarining xabar berishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Farg`ona viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Zarkent agrosanoat kasb-hunar kollejining sobiq direktori B. M. fuqaro O. G`.ni tuman tibbiyot birlashmasiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 400 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Rishton tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo`limiga fuqaro D. R.ni ishga joylamoqchi bo`lgan “uddaburonlar”ning ovi yurishmadi. M.G, D.M. va T.Q.lar o`zaro til biriktirib 400 dollarini pora tariqasida olayotganda daliliy ashyo bilan qo`lga tushdi.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.