1

Canon Shvesiyaning Axis Communications kompaniyasini sotib oldi

Hi-tech 11.02.2015, 12:02
Canon Shvesiyaning Axis Communications kompaniyasini sotib oldi

Canon o`z tarixidagi eng yirik xarid haqida e`lon qildi. Fotoapparatlar ishlab chiqaruvchi Canon kompaniyasi kuzatuv kameralari ishlab chiqarish va sotish bilan shug`ullanuvchi Shvesiyaning Axis Communications kompaniyasini sotib olgani, deya xabar beradi kun.uz nashri.

Bloomberg agentligi bergan xabarga ko`ra, yapon kompaniyasi Axis Communications 2,8 mlrd dollar yoki har kompaniyaning har bir aksiyasiga 40,49 dollar miqdorda pul taklif qilgan.

Axis direktorlar kengashi Canon taklifini qabul qilgan. Shartnomaning yopilish muddati ma`lum qilinmagan.

Axis kompaniyasini sotib olish Canon uchun eng yirik xarid bo`ladi. Bungacha yapon kompaniyasining eng yirik xaridi – 2010 yilda Gollandiyaning printerlar ishlab chiqaruvchi Oce kompaniyasining 1,9 mlrd dollarga sotib olgani edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1