1

2020 yilda 215 ming iste`molchi billing tizimiga o`tishi rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot 14.01.2020, 22:32
2020 yilda 215 ming iste`molchi billing tizimiga o`tishi rejalashtirilmoqda

Ma`lumki, Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog`ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste`molchining barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, etkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to`liq ulanishi ko`zda tutilgan.

Shunga ko`ra, respublikamizning boshqa hududlarida bo`lgani kabi Toshkent shahrida ham iste`molchilarga zamonaviy hisoblagichlarni o`rnatish ishlari jadal sur`atlarda amalga oshirilmoqda.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Toshkentning barcha tumanlari bo`ylab «Elektronhisoblagich» MChJ QK tomonidan etkazib berilgan 455 ming dona hisoblagichni o`rnatish, 2020-2021 yillarda hududdagi 100 foiz iste`molchining zamonaviy elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi bo`yicha sa`y-harakatlar olib bormoqda.

Bugungi kunda Toshkent shahrida iste`molchilar soni 665 mingdan ortiq bo`lib, hozirgi kungacha 455 mingdan ortiq elektron hisoblagich almashtirildi, 1782 ta konsentrator uskunasi o`rnatildi. Shundan 250 mingdan ortig`i Billing tizimiga ulandi.

Avvallari  etkazib berilgan elektr energiyasi uchun undirilgan mablag` o`rtacha bir oyda 118,8 mlrd. so`mni tashkil etganini, yangi tizim ishga tushirilgach esa bu ko`rsatkich 177,1 mlrd. so`m, ya`ni 58,3 mlrd. so`mga ko`payishga erishilganini ta`kidlash joiz. Joriy yilning oxirigacha Toshkent shahar bo`yicha 215 ming iste`molchi xonadoniga yangi hisobalgichlar o`rnatilib, Billing tizimiga  o`tishi rejalashtirilgan.

Quvonarlisi, zamonaviy hisoblagichlarning asosiy qismi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan etkazib berilmoqda. Bu hisoblagichlar avvalgilaridan 20 dan ziyod funksiyani bajara olishi bilan farqlanadi.

Ushbu «aqlli hisoblagichlar»ning yana bir xususiyati shundaki, ma`lumotlarni soxtalashtirishga urinish, ya`ni hisoblagichga ta`sir o`tkazish mumkin emas. Mabodo shunday holatlar yuzaga kelsa, hisoblagich darhol o`chadi va tizimga xabar jo`natadi. Shuningdek, energiya to`lovi to`lanmagan taqdirda, masofadan o`chish xususiyatiga ham ega. Ushbu hisoblagichlar elektr ta`minoti korxonasi tomonidan 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan o`tkaziladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1