1

"Men o`zimni xorijiy agent deb hisoblamayman"

Dunyo 27.04.2024, 19:52
Teglar: Maksim Galkin, “xorijiy agent”
"Men o`zimni xorijiy agent deb hisoblamayman"

Rossiyalik taniqli komediyachi Maksim Galkin uni “xorijiy agentlar” safidan chiqarishni rad etgani uchun sudga shikoyat kiritdi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Gap shundaki, 2023 yili Galkin undan “xorijiy agent” maqomini olib tashlash bo`yicha Moskvaning Zamoskvoreskiy tuman sudiga ariza kiritgan. 

Galkin o`zining agent emasligini aytib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida izoh qoldirgan.

Ammo sud bu da`voni rad etgan. Moskva shahar sudi bu qarorni qonuniy deb tan olgan. 

Ammo sud vakilining so`zlariga ko`ra, Galkin xorijda konsertlar beradi, o`z chiqishlarida Rossiyaning ichki va tashqi siyosati haqida ham gapiradi, ijtimoiy tarmoqlarida esa ushbu chiqishlardan parchalarni e`lon qiladi. Sud qaroriga ko`ra, chet elliklar Galkinni qo`llab-quvvatlaydi va uning fikrlarini tarqatadi. Shu sabablarga ko`ra, Galkindan “xorijiy agent” maqomi olib tashlanmagan.

Shundan so`ng, Galkin uni ushbu reestrdan chiqarishni rad etish yuzasidan yana sudga kassasiya shikoyatini kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1