Finlyandiya parlamentining o`ng qanot “Haqiqiy Finlar” partiyasi a`zosi restoran oldida otishma sodir etganlikda gumon qilinib, hibsga olindi.
Dastlabki tergovga ko`ra, hodisa restoran yonida sodir bo`lgan. Polisiya xabarida aytilishicha, gumonlanuvchi hamkasbi bilan og`zaki janjallashib qolgan, keyin o`qotar qurolni chiqarib, erga otishdan oldin uni hozir bo`lganlarga qaratgan.
“Haqiqiy Finlar” – hukumat koalisiyasining bir qismi bo`lgan o`ng qanot partiyasi hisoblanadi. Bu parlamentdagi vakillar soni bo`yicha ikkinchi partiya – 200 deputatdan 46 nafari. Partiya 2023 yilgi parlament saylovlarida ikkinchi o`rinni egallagan.