AsosiyJinoyat

Nukusda qizlarning rasm va videolarini tarqatmaslik uchun 300 dollar so`ragan shaxs ushlandi

'Nukusda qizlarning rasm va videolarini tarqatmaslik uchun 300 dollar so`ragan shaxs ushlandi'ning rasmi

Nukus shahrida maktab o`quvchilarining ma`lumotlarini tarqatmaslik uchun 300 dollar pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik departamenti xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Nukus shahrida yashovchi ikki ayol IIOga murojaat qilib, noma`lum shaxs voyaga etmagan maktab o`quvchilarining sir saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarini oshkor qilish bilan qo`rqitib, ulardan pul talab qilayotganini aytgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kibe

rxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Nukus shahrida yashovchi 27 yoshli J.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.A., voyaga etmagan jabrlanuvchilar S.A. va Y.Y. ismli qizlarga o`zini qiz bola sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bir nechta sir saqlanishi lozim bo`lgan shaxsiy fotosurat va videolarini qo`lga kiritgan. Shundan keyin ularni tarqatish bilan qo`rqitib, evaziga 300 dollar miqdorida pul talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh qilinmagan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar