AsosiyIqtisodiyot

Dushanbe shahri meriyasi vakillari “O`zavtosanoat” korxonalariga tashrif buyurdi

'Dushanbe shahri meriyasi vakillari “O`zavtosanoat” korxonalariga tashrif buyurdi'ning rasmi

Dushanbe shahri meriyasi vakillari “O`zavtosanoat” korxonalari faoliyati bilan tanishish uchun O`zbekistonga ishchi tashrif bilan keldilar. 

Ushbu tashrif doirasida Dushanbe meriyasi vakillari “O`zavtosanoat” AJ rahbariyati bilan muzokaralar o`tkazdilar – tomonlar ehtimoliy hamkorlik istiqbollarini, shuningdek Dushanbeda engil avtomobillar va tijorat texnikasini yirik blokli yig`uv zavodini ochish loyihasini amalga oshirishni muhokama qildilar.

Shuningdek, mehmonlar “O`zavtosanoat”ning asosiy ishlab chiqarish korxonalari – Asaka shahridagi engil avtomobillar ishlab chiqarish zavodiga, Samarqanddagi “SamAvto”, “O`zavtotreyler”, “Uz Truck and Bus Motors”, shuningdek Toshkendagi UzAuto Motors Powertrain zavodlariga bordilar.

 

    Boshqa yangiliklar