1

Mahkumlikda ishlangan yillar mehnat daftarchasiga yoziladimi?

Savol-javob 17.02.2020, 17:14
Mahkumlikda ishlangan yillar mehnat daftarchasiga yoziladimi?

— 2000 yildan 2019 yilgacha jazoni o`tash muassasalarida jazo muddatini o`tadim. Shu o`tgan 19 yil davomida jazoni o`tash muassasalarida ishlaganim mehnat daftarchasiga ish staji tariqasida yoziladimi?

H.Zokirov, Jizzax viloyati

Farrux SULAYMONOV, Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

— 2019 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo`jalik yuritish shakllaridan qat`i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug`urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallari to`lagan bo`lsa;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, agar mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo`lsa, ish stajiga qo`shib hisoblanadi.

Jinoyat-ijroiya Kodeksining 96-moddasiga asosan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sug`urtasiga ajratmalar amalga oshirilmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda jazo muddatini o`tash davrini ish staji tarkibiga kiritib hisoblashga huquqiy asos mavjud emas.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1