1

Qashqadaryolik fuqaroning qayta ekspertiza o`tkazish talabiga mas`ullar qanday javob qaytardi?

Savol-javob 17.02.2020, 18:09
Qashqadaryolik fuqaroning qayta ekspertiza o`tkazish talabiga mas`ullar qanday javob qaytardi?

— 2015 yil iyunda Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Respublika ko`z kasalliklari shifoxonasida davolangan vaqtimda muassasa bo`lim boshlig`i va yana bir mutaxassis ko`zimga “alloplant” va “protez” qo`yib berishni va`da qilib, 3 000 000 so`m olgan. Bergan va`dasini bajarmay, noto`g`ri tashxis qo`ygan. Oqibatda chap ko`zimni jarrohlik yo`li bilan olib tashlandi. Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tergovchisi katta leytenant ishni to`g`ri o`rganmadi. Toshkent shahar sud tibbiy ekspertiza filiali ekspertlari tomonidan o`tkazilgan komission ekspertiza xulosasiga asoslanib, barvaqt xulosaga keldi va takroran kompleks ekspertiza tayinlamadi. Qashqadaryo, Buxoro yoki Samarqandda qayta komission ekspertiza o`tkazish uchun amaliy yordam berishingizni so`rayman.   

Tojiddin Hazratov, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani

TALABGA E`TIROZ YO`Q

Abduhakim XADJIBAEV, Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari:

— Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi tayinlanadigan qayta ekspertizani sizning talabingizga muvofiq, qo`shni viloyatlar (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo) sud tibbiy ekspertiza filiallaridan birida o`tkazilishi mumkinligi yuzasidan e`tiroz bildirmaydi. 

         Ayni shu holat yuzasidan respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori A.Iskandarovning qo`shimcha ma`lumotiga ko`ra, holat yuzasidan markazning Toshkent shahar sud tibbiy ekspertiza filiali ekspertlari Z.Ulug`ov, Yo.Haydarovdan tegishli tartibda tushuntirish xatlari olingan. 

Tushuntirish xatida ma`lum qilinishicha, murojaatchi fuqaro Toshkent shahar Olmazor tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tergovchisi katta leytenant Sh.Qurbonovning 2019 yil 23 yanvarda tayinlangan qarori asosida komission sud tibbiy ekspertizasi o`tkazilgan. Ekspertiza tekshiruvi jarayonida ekspertlar komissiyasi ixtiyoriga qaror tayinlangan shaxs (organ) tomonidan taqdim etilgan barcha ish materiallari, jumladan, tibbiy hujjatlar o`rganilgan. Jarayonga klisist oftalmolog mutaxassis jalb qilingan. 

         Shu bilan birga, ekspertlar komission ekspertiza jarayonida ekspertizani tayinlagan shaxs (organ) tomonidan murojaatingizda ko`rsatilgan Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2019 yil 15-16 fevraldagi 2283-sonli tibbiy xulosasi taqdim etilmagani tufayli komissiya ushbu tibbiy xulosani o`rganmagan. 

         Amaldagi qonunchilikka muvofiq, sud tibbiy ekspertiza jarayonida o`rganilishi lozim bo`lgan har qanday ish materialini taqdim etish ushbu ekspertizani tayinlagan shaxs (organ) tomonidan amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. Ekspert(lar) sud tibbiy ekspertizani o`tkazish uchun mustaqil ravishda material to`plashga haqli emas.

         Yuqoridagilarni inobatga olib, Markaz sizga Toshkent shahar sud tibbiy ekspertiza filialida o`tkazilgan komission ekspertiza xulosasidan norozi bo`lsangiz, tegishli tartibda qayta ekspertiza o`tkazish yuzasidan huquq tartibot idoralariga murojaat qilishni tavsiya etadi. Binobarin barcha turdagi sud ekspertizalarni tayinlash va ularning natijalarini huquqiy baholash vakolati Jinoyat prosessual kodeksining tegishli talablaridan kelib chiqib ushbu idoralarga berilgan.   

 Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1