1

1 apreldan raqobat muhitini shakllantirishga halal berayotgan soliq imtiyozlari bekor qilinadi

Iqtisodiyot 18.02.2020, 18:06
Teglar: soliq, imtiyoz
1 apreldan raqobat muhitini shakllantirishga halal berayotgan soliq imtiyozlari bekor qilinadi

Qaerda raqobat bo`lsa, shu erda rivojlanish bo`ladi. Agar bu jarayonda kimgadir imtiyoz berilib, boshqalarga berilmasa raqobat va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi qiyin kechadi. Shu munosabat bilan 1 apreldan iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirishga xalal berayotgan imtiyozlar bekor qilinadi.

Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, 2020 yilning 1 aprelidan iqtisodiyotda normal raqobat muhiti shakllanishiga xalal berayotgan imtiyozlar bekor qilinadi.

2020 yil 1 yanvarga qadar amalda bo`lgan Soliq kodeksida soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi me`yorlar 380 tani tashkil qilgan. Yangi tahrirdagi kodeks qabul qilinishi jarayonida imtiyozlar inventarizasiyadan o`tkazildi. Natijada o`zini oqlamagan me`yorlar bekor qilinib, ularning soni 301 taga kamaytirildi.

Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan (ta`lim, tibbiyot, madaniyat, maishiy xizmat) soliq imtiyozlari saqlab qolindi.

Shuningdek, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun O`zbekiston Respublikasi prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar muddati tugagunga qadar amal qilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1