AsosiyMadaniyat

Madaniy ob`ektlarga zarar etkazayotgan omillar ma`lum bo`ldi

'Madaniy ob`ektlarga zarar etkazayotgan omillar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

19 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

“Oxiri paytda madaniy merosga e`tibor juda katta. Madaniy meros mamalakatimiz rivojlanishi uchun ham, madaniyatimiz rivojlanishi uchun ham muhim resurs hisoblanadi, – dedi tadbirda so`zga chiqqan Madaniyat vaziri o`rinbosari, Madaniy meros departamenti rahbari Kamola Oqilova va madaniy meros ob`ektlariga zarar etishi, ularning yo`q bo`lishiga sabab bo`layotgan omillarni ham sanab o`tdi. 

Birinchi sabab bu madaniy meros ob`ektlarining tabiiy eskirishi va buzilishi bo`lib, tabiiy ekologik muhitda yuz berayotgan o`zgarishlar madaniy ob`ektlarga o`z ta`sirini o`tkazmoqda. Masalan, Orol dengizining qurishi Qoraqalpog`iston va Xorazmdagi madaniy yodgorliklarga sezilarli ta`sir o`tkazmoqda.

Ikkinchi, Madaniy meros sohasida yuritilgan noto`g`ri davlat siyosati yoki bunday siyosatning mavjud emasligi. 

Uchinchi, Mahalliy hokimiyatlar tomonidan madaniy ob`ektlarni vayronaga aylanishiga olib keladigan noto`g`ri qarorlarning qabul qilinishi. Ularni rekonstruksiya qilish va ijaraga berish borasida yo`l qo`yilayotgan xatoliklar. 

To`rtinchi, YuNESKOning butunjahon merosi ruyxatiga kiritilgan shaharlarni muhofaza qilish bo`yicha konvensiyasiga amal qilmaslik ko`plab muammolarning kelib chiqishida alohida o`rin egallaydi. YuNESKOga yurtimizning 4 ta shahri kiritilgan bo`lib, bu Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz. Bu ro`yxatga kiritildimi konvesiyaga amal qilinishi shart. Shahrisabz tajribasi biz uchun yaxshigina saboq bo`ldi. Shahrisabz bo`yicha ikki yil muddat berilgan. Oldimizda ikkita yo`l bor: shahardagi ob`ektlarni yakka tartibda tashkilot ro`yxatiga kiritish yoki Shahrisabzni regenerasiya qilib, uni ro`yxatda saqlab qolish. Albatta, buning uchun katta mablag` talab etiladi. Biz hukumat bilan bu masalada kelishuv olib boryapmiz. 

Beshinchidan, tarixiy ahamiyatga ega, lekin nochor ahvolga kelib qolgan binolar atrofida shahar markazidagi yangi maydonlarni qo`lga kiritish maqsadida, faol tijorat qurilish ishlarini olib borilishi va buning natijasida shaharlarning tarixiy qiyofasiga zarar etkazish.

Oltinchi, zamonaviy qurilish materiallarini qo`llanilishi natijasida asl qiyofasini saqlab qolgan binolarning kamayib ketayotgani, – dedi vazir o`rinbosari. – Biz uchun katta muammo hozir restavrasiya. Jahon tajribasini o`rganib, restavrasiya muammolarini hal qilishga harakat qilyapmiz.Vazirlik qoshida Madaniy meros milliy institutini tiklamoqchimiz. Uning tarkibida ham YuNESKO bilan ishlaydigan bo`lim ochamiz. Bizga hozir restavrator-rassom, restavrator-konstruktor, restavrator-arxitekor, restavrator-injenerlar kerak. Biz katta avlodning tajribasini o`rgangan holda yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashimiz lozim, – dedi Kamola Ortiqova. 

Shuningdek, madaniy meros ob`ektlarida o`tkazilayotgan yirik tomosha va tadbirlar, ularga tayyorgarlik ko`rish va sahna bezaklari madaniy meros holatiga salbiy ta`sir qilishini Madaniyat vaziri o`rinbosari alohida ta`kidladi va vazirlik kelgusida bu masalada o`z pozisiyasida qat`iy bo`lishini bildirdi.

Boshqa yangiliklar